Unga ko'ra, bandargoh hududida “48 va 59 yoshli ikki erkak Ukraina tarafdorlari mitingini o'tkazgandan keyin qo'lga olingan”. “Ulardan biri Rossiya bosh konsulligiga portlovchi moslamalarni uloqtirganlikda gumon qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, qo'lga olingan ikki shaxs “ilgari huquq-tartibot idoralariga tanish bo'lmagan”.

Avvalroq Rossiya bosh konsulligi dushanba kuni ertalab noma'lum shaxslar diplomatik vakolatxona hududiga uchta narsa uloqtirgani, ulardan ikkitasi portlagani haqida TASSga ma'lum qilgandi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo'q, bosh konsullik binosiga moddiy zarar yetkazilmagan. Politsiya avvalroq hududni o'rab olgan edi, bu hududda ikkita nazorat ostida portlashi amalga oshgan shubhali buyumlarni sapyorlar bir necha soat davomida tekshirishdi. Marsel prokuraturasi “portlovchi yoki yondiruvchi moddalardan yetkazilgan zarar” yuzasidan tergovni boshladi. Rossiya Tergov qo'mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Rossiyaning Marseldagi konsulligiga hujum bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atishni buyurdi, deb xabar beradi news.rambler.ru.