O'zbekistonlik maktab o'quvchilari Singapurda bo'lib o'tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida g'oliblar qatoridan joy egallab, bronza medalni qo'lga kiritdi.
Har yili turli mamlakatlarda o'tkaziladigan robototexnika bo'yicha jahon chempionatining bu yilgi musobaqalarida 191 davlatdan vakillar ishtirok etdi. Terma jamoamiz bu musobaqada ishtirok etish uchun 100% grant yutib olgan edi.
— Biz Singapurga kuchli jamoani olib keldik, ular qisqa vaqt ichida xalqaro chempionatga a'lo darajada tayyorgarlik ko'rishdi. O'zbekistonda robototexnika yildan yilga jadal rivojlanmoqda, — deya o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi jamoa ustozi Safina Teshabayeva.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda ikkinchi yil ishtirok etmoqda.