Shu kunlarda Shveysariyaning farmatsevtika giganti sentyabrning oxirida SD Biosensor kompaniyasi bilan hamkorlikda Yevropa muvofiqlik belgisiga (CE mark) ega boʻlgan barcha mamlakatlarda, shu jumladan Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 antitanalarini aniqlovchi tezkor test qoʻllana boshlashi haqida eʼlon qildi.

SARS-CoV-2 antitanalarini aniqlovchi tezkor test tibbiy yordam koʻrsatish punktlarida xizmat qiluvchi tibbiyot xodimlariga kasallik alomatlari namoyon va namoyon boʻlmagan insonlarda virusni tezkor aniqlashda katta yordam beradi.

Tezkor test SARS-CoV-2 bemorlar bilan yaqin aloqada yoki yuqori xavfli muhitda boʻlgan odamlar uchun dastlabki skrining tekshiruvi boʻlib xizmat qiladi.

Ikki mustaqil tadqiqot markazi taqdim etgan 426 namuna asosida shuni koʻrish mumkinki, test 96,52% sezgirlikka va 99,68% oʻziga xoslikka ega.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, boshida oyiga 40 million tezkor test ishlab chiqariladi, ammo bu yil oxiriga qadar ularning hajmi kamida ikki baravar koʻpayadi.

“COVID-19 pandemiyasi davom etar ekan, sogʻliqni saqlash tizimlari xavf ostida qolmoqda. Tezkor testlar oʻtkazish koʻplab mamlakatlarda hanuzgacha muhim ahamiyatga ega”, deydi Tomas Shinekker, Roche Diagnostics ijrochi direktori. “Ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan gripp mavsumida davolanishning toʻgʻri yoʻlini taʼminlash uchun odamda SARS-CoV-2 mi yoki gripp ekanligini bilish muhimdir. Aholi orasida COVID-19 virusining tarqalishini oldini olish uchun odamning infeksion holati toʻgʻrisida tezkor javob olish katta ahamiyatga ega”.