Krishtianu Ronaldu 50 mingdan ortiq odamning oʻlimiga sabab boʻlgan halokatli zilzilalardan jabrlangan Turkiya va Suriya fuqarolariga birinchi ehtiyoj uchun zarur boʻlgan narsalardan iborat insonparvarlik yukini joʻnatdi.
Portugaliyalik futbol yulduzi chodirlar, quruq ovqatlar, yostiq va koʻrpa-toʻshaklar, bolalar ovqatlari va dori-darmonlar uchun pul joʻnatgan. Insonparvarlik yuki Turkiya va Suriyaga yetkaziladi.
Bu Ronalduning birinchi saxovatli xayriyasi emas. U avvalroq bir bolaning miyasida operatsiya oʻtkazish uchun 83 ming dollar toʻlov qilgan, shuningdek, vatani hisoblanmish Portugaliyada saraton markazini moliyalashtirish uchun 165 ming xayriya qilgan.
“Bolalarni asraymiz”, YUNISEF va World Vision kabi tashkilotlarda elchi lavozimlarida ishlagan forvard koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda Portugaliya kasalxonalariga 1 million funt sterling xayriya qilgani ham maʼlum.