Bugun Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti global koronavirus pandemiyasini e'lon qilganiga roppa-rosa olti oy to'ldi. Xitoyda kelib chiqqan virus sayyora bo'ylab tarqalishni boshlaganidan beri, 188 mamlakatda 28 milliondan ortiq holat tasdiqlandi va 900 mingdan ortiq odam vafot etdi.
Barcha sa'y-harakatlarga qaramay, ko'plab mamlakatlarda COVID-19 kasalligi o'sishda davom etmoqda. Ulardan ba'zilarida kasallik soni yana ko'payishni boshladi.
Bi-bi-si ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan bir kun ichida Frantsiyada koronavirus infektsiyasining deyarli 10 mingta yangi holati ro'yxatga olingan — bu butun epidemiya boshlangandan beri rekord ko'rsatkich va bir kun oldingi holatga qaraganda deyarli 1000 taga ko'p. Shu bilan birga, mamlakatda so'nggi kunlarda intensiv terapiya bo'limlarida bemorlar sonining ko'payishi kuzatilmoqda.