Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi rahbari Kirill Dmitriyev “Rossiya 24” efirida «Avifavir»ni 15 mamlakatga yetkazib berilganligini aytdi.
Uning taʼkidlashicha, hozirgi vaqtda dunyoda ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tomonidan chet elga yetkazib beriladigan ikkita dori mavjud. Gap Amerikaning «Remdesivir» va Rossiyaning «Avifavir» dorisi haqida ketmoqda. Dmitriyevning soʻzlariga koʻra, Remdesivirning 90 foizini AQSHning oʻzi sotib olgan.
“Bizning dori-darmonlarimizni 15 mamlakat sotib olishi biz uchun ajablanarli emas”, dedi Dmitriyev.
Bugungi kunda RTIF va “XimRar” kompaniyalar guruhi hamkorligidagi qoʻshma korxona boʻlgan Rossiyaning «Kromis» kompaniyasi «Avifavir»ni Lotin Amerikasi va Janubiy Afrikadagi yettita mamlakatga yetkazib berishga kelishib oldi.
Eslatib oʻtamiz, 30-may kuni Sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi dori — «Avifavir»ni tasdiqladi. RTIF va “XimRar” tomonidan yaratilgan dori «Favipiravir» ishchi nomi ostida dori vositalarining davlat reyestriga kiritilgan. 11-iyun kuni u Rossiya kasalxonalariga kirishni boshladi. Iyul oyi boshida «Avifavir»ni eksport qilish boshlandi.