Rossiya yarim yilga benzin eksportini toʻxtatadi

    Energetika 27 Fevral 2024 1006

    Mavsumiy narx oshishi taʼsiridagi benzin eksportiga qoʻyilgan taqiq 1-martdan boshlanadi. Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ushbu taklifni qoʻllab-quvvatladi.

    Bosh vaziri Mixail Mishustin 2024-yil 1-martdan boshlab benzin eksportini yarim yilga toʻxtatish haqidagi taklifni maʼqullagan.

    Eksportni vaqtincha toʻxtatish YEOII mamlakatlari, Mongoliya, Oʻzbekiston, Abxaziya, va Janubiy Osetiya kabi davlatlarga yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitim bilan kelishilgan hajmga taʼsir oʻtkazmaydi, deb xabar beradi RBK.