Avtobus haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yoʻqotishi natijasida ariqqa agʻdarilib ketadi. Avtobus salonida 29 nafar yoʻlovchi boʻlgan, ulardan 4 nafari bolalardir. Yoʻl transport hodisasi oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.
Ushbu avtobus Qozogʻiston Respublikasida roʻyxatga olingan boʻlib, buyurtma asosida “Kostroma – Chimkent” yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchilarni olib ketayotgan boʻlgan.
Rossiya FVV Orenburg viloyat boshqarmasi tomonidan avtobus yoʻlovchilari dastlab mahalliy madaniyat uyiga joylashtirilgan.
Barcha yoʻlovchilar tez yordam xodimlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. Shundan soʻng, yoʻlovchilar boshqa avtobusda harakatlanishni davom ettirishgan.