Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vazirlar mahkamasi oldiga mamlakat aholisining 60 foizini grippga qarshi emlash vazifasini qoʻydi. Bunda vaksina kasallikka moyil shaxslarning 75 foiziga yetishi kerak. Shuningdek, tegishli vaksinalar roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashga ham mablagʻ ajratish kerak boʻladi.
Davlat rahbari bu va boshqa topshiriqlarni 29-iyulda boʻlib oʻtgan Sogʻliqni saqlash tizimining kuz-qish davrida epidemiologik mavsumga tayyor ekanligiga bagʻishlangan yigʻilish yakunida yukladi.
Shuningdek, hukumat uchun, jumladan, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarni davolash va ularni individual himoya vositalari va kerakli uskunalar bilan taʼminlash uchun mablagʻ ajratish vazifasi ham dolzarbligicha qoladi.
Hukumatga kuz-qish davrida infeksiyaga qarshi kurash uchun yetarli hajmda dori vositalari ishlab chiqarilayotgani va ular bilan Rossiya bozori taʼminlanishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.