Bu haqda mamlakatning Tadqiqot va innovatsiyalar milliy agentligi (BRIN) bayonotida aytiladi.
“Umid qilamanki, biz oldinga siljishimiz va hamkorlikni yo'lga qo'yishimiz va kosmodrom qurilishini imkon qadar tezroq amalga oshirishimiz mumkin”, dedi BRIN rahbari Laksana Tri Xandoko.
Tadqiqot agentligi ma'lumotlariga ko'ra, Papua viloyatidagi Biak oroli kosmodrom qurish uchun qulay hudud hisoblanadi, chunki u logistika talablariga javob beradi. Bayonotda, shuningdek, obyekt konsepsiyasi ochiq ekanligi ta'kidlangan. Kosmodromdan to'lov mexanizmiga ega bo'lgan har kim foydalanishi mumkin.
BRIN qurilishda to'rt tomon, jumladan agentlikning o'zi, “Roskosmos”, PT URPI va “Glavkosmos” ishtirok etishini ta'kidladi.
Bungacha Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Denis Manturov Jakartaga qilgan ish safari yakunlari bo'yicha Rossiya Indoneziyada koinot infratuzilmasini yaratishda ishtirok etishi mumkinligi va “Roskosmos” bilan ko'p sun'iy yo'ldoshli orbital guruhni yaratish masalasi muhokama qilinayotganini ma'lum qilgan edi, deb xabar beradi gazeta.ru.