“Oʻzbekneftgaz” maʼlumotiga koʻra, uchrashuv doirasida “Rosgeologiya” vakillariga mamlakatimizda neft-gaz va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari va boshqa islohotlar haqida maʼlumot berildi.

Oʻz navbatida, “Rosgeologiya” “Oʻzbekneftgaz” bilan tabiiy gaz quduqlarini geofizik tadqiq qilishning dolzarb texnologiyalarini joriy etish, bu borada uzoq muddatli hamkorlik davom ettirilishini maʼlum qildi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha kelishuvlarga erishdi.

“Rosgeologiya” Rossiyaning AJ rivojlangan ishlab chiqarish-texnik bazasi, yuqori malakaviy vakolatlari va noyob miqdorda toʻplangan geologik maʼlumotlarga ega boʻlgan eng yirik geologik korxonasi hisoblanadi. Hozirda ushbu korxona Osiyo, Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida faoliyat koʻrsatmoqda.