Rossiyalik pedagoglar hozirga qadar ikkinchi sinf uchun rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning yangi dasturi, shuningdek, tegishli o‘quv materiallariga asosan rus tilidan 18ta teledars yozib tugatdi. Darslar O‘zbekiston televideniesi orqali translyasiya etiladi, hamda YouTube platformasiga ham joylashtirilgan.

Loyiha doirasida o‘rta maktab o‘quvchilari uchun yana 62ta shunga o‘xshash teledarslar tayyorlash rejalashtirilgan. Ularni yangi o‘quv yilida tomosha qilish mumkin.

Yangi teledarslar tufayli o‘zbek bolalarining nafaqat rus tilini o‘rganish imkoniyatlari kengayadi. Ular shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston mamlakatlari poytaxtlari va boshqa qiziq joylari bilan tanishadilar. Darslar unutilmas sanalar va voqyealarga bag‘ishlab tayyorlangan. Rossiya pedagoglari, shuningdek bolalarni taniqli shaxslar biografiyasi bilan tanishtiradi. 

Har bir dars o‘qish, yozish, so‘zlashish mashqlarini va audio yozuvni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar o‘z nutqida yangi so‘z va iboralardan qo‘llashni o‘rganadilar, rus tilining yangi aosiy qoidalarini yodda saqlab qoladilar.

Darslar O‘zbekiston Respublikasi televideniesi orqali butun to‘rtinchi o‘quv choragi davomida translyasiya etiladi, deb xabar beradi Rossiya ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

2—11 sinf o‘quvchilari uchun rus tili darsliklarini tayyorlash ustida A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universiteti pedagoglari rahbarligida yetakchi rus va o‘zbek mualliflar ish olib boryapti.