Soʻnggi paytlarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida turli yoʻnalishlar, shu jumladan sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik faollashmoqda. Xususan, tibbiyot xodimlari uchun muntazam ravishda oʻtkazilayotgan konferensiyalar, oʻquv kurslari va amaliyotlar, tajriba almashish va oʻzaro yordam yangi koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan ogʻir epidemiologik vaziyatda birdamlikning yaqqol ifodasi boʻldi. Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi qisqa vaqt ichida oʻzbekistonlik hamkasblariga koronavirusga qarshi kurashishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish uchun 75 nafar yetakchi tibbiyot mutaxassisni yubordi.
Shuningdek, Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga 1 ming 400 toʻplam test tizimlarini taqdim etdi. Bu virusni oʻz vaqtida aniqlash va COVID-19 tarqalishini oldini olishga koʻmak berdi.
Pandemiya davrida hamkorlikning muhim yoʻnalishlari boʻyicha videokonferensiyalar formatidagi muntazam uchrashuvlar va muzokaralar boʻlib oʻtdi. Ularda turli xil kasalliklar, shu jumladan koronavirus infeksiyasining oldini olish va davolashning umumiy usullari, yangi metodologiyalari va protokollari ishlab chiqildi. Bu ikki mamlakat sogʻliqni saqlash vazirliklari, inson farovonligini taʼminlash xizmatlari va boshqa tibbiyot muassasalari oʻrtasida samarali tajriba almashish va saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish imkuoniyatini yordam berdi.
Vazir Mixail Murashko mukofot uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida samarali hamkorlik qilish, shu jumladan, Oʻzbekistonda Rossiya universitetlari filiallarini ochishga umid bildirdi.
“Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Prezidentining 2020-yil 26-maydagi farmoniga muvofiq koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga beminnat koʻmak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga koʻtarishga katta hissa qoʻshgan yurtdoshlarimiz va xorijiy fuqarolarni taqdirlash maqsadida taʼsis etilgan.