Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida O‘zbekiston madaniyati milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

    Xalqaro hamkorlik 3 Oktabr 2022 1787

    Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida jahon xalqlarining milliy qadriyatlarini namoyish etish yo‘nalishidagi universitet tadbirlari doirasida O‘zbekiston milliy madaniyati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston elchixonasidan maʼlum qilinishicha, tadbir ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklar jamoasi tomonidan tashkil etilgani holda o‘zbek madaniyati, mehmondo‘stligi va milliy mentalitetini targ‘ib qilgan ajoyib va o‘ziga xos tadbir bo‘ldi.

    Ko‘rgazma dasturi doirasida milliy madaniyatimiz, xalqimiz to‘ylari bilan bog‘liq urf-odatlar, anʼanaviy raqslarimiz namoyish etildi.

    Xorijlik mehmonlar yurtimizning milliy taomlaridan tatib ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.