Kunlik kasallanishlar soni qatorasiga 9 kundan buyon 10 ming kishidan oshmoqda. Sutka davomida eng ko'p kasallanish 7 may kuni kuzatilgandi. SHu kuni koronavirusga chalingan bemorlar soni 11 231 kishiga ko'paygan.
YAngi kasallanganlarning yarmidan ko'pi Moskvada qayd etilmoqda. Poytaxtda kasallanganlarning umumiy soni 109,7 mingdan oshgan. Undan keyingi o'rinlarda Moskva viloyati va Sankt-Peterburg turibdi.
Rossiyalik virusolog, Ivanov nomidagi ilmiy tadqiqot instituti professori Mixail SHelkanov «Govorit Moskva» radiosiga bergan interv`yusida kunlar isishi bilan Rossiyada COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni ortib ketishi mumkinligini taxmin qilib shunday degandi: «Vaziyat tushunarli, chunki o'tkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslar tabiiyki havo haroratiga bog'lanib qolmagan. Bunda kasalliklarga chalingan odamlarning xatti-harakatlari o'zgaradi», — deydi virusolog.
Uning so'zlariga ko'ra, kunlar ilishi bilan uyda o'tirishdan zerikkan odamlarning aksariyati ko'proq ko'chaga chiqishga intiladi va bu kasallanganlar sonining ortishiga sabab bo'lishi mumkin.