O'tgan kun davomida mamlakatda 12 126 nafar kishida yuqumli kasallik aniqlandi, bu — may oyining eng yuqori darajasiga qaraganda rekord ko'rsatkich. Kasallik yuqtirganlarning umumiy soni 1 million 272 ming 238 nafar kishiga etdi, 22 mingdan ortiq odam vafot etdi, milliondan ziyod odam tuzaldi. eng murakkab vaziyat poytaxtda kuzatilmoqda.
Moskva meri Sergey Sobyanin kuzgi ta'tilni uzaytirdi, maktab o'quvchilari va nafaqadagilarning ijtimoiy kartalarini to'xtatdi, shuningdek ommaviy- madaniy tadbirlar chiptaxonalari yopildi.
Bundan tashqari, ish beruvchilar ishchilarning 30 foizini masofadan ishlashga o'tkazishlari shart. Shahar aholisi karantin tartibiga qat'iy rioya qilishi talab etilmoqda. Yoshi katta va surunkali kasallikka chalinganlarga o'ta zarurat bo'lmasa uydan chiqmaslik tavsiya qilindi.