Xabardan maʼlum boʻlishicha, immunitetni oʻrganish tadbiri doirasida 26 ta hududda 2800 dan 3200 nafargacha odamlar kuzatilgan. Kuzatuv jarayonida 23 ta hududda 65 ming test oʻtkazilgan. Kuzatuv yakunlanayotgan yana uchta hududda 9 mingta test oʻtkazilgan.

Tadqiqot natijalari Tatarstan, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, shuningdek Astraxan, Moskva, Leningrad va Tyumen oblastlari aholisining 20 foizidan koʻpida SARS CoV-2ga qarshi immunitet mavjudligini koʻrsatgan.

Avval Sogʻliqni saqlash vazirligi N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi rahbari Aleksandr Ginsburg Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksina emlangan vaqtdan boshlab ikki yildan kam boʻlmagan muddatda koronavirusdan himoya qilishini eʼlon qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, 11-avgustda Rossiya Federatsiyasi dunyoda birinchi boʻlib COVID-19 infeksiyasining oldini oluvchi vaksinani roʻyxatdan oʻtkazgan. Ushbu dori vositasi N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi hamda Rossiyaning toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.