Maʼlumot oʻrnida qayd etish joiz, joriy yilning sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri oʻrinbosari A.Pudov boshchiligida qator davlat tashkilotlari va yirik ish beruvchi korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida mehnat migratsiyasi masalalariga bagʻishlangan muzokaralar oʻtkazilib, qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun oʻn ming fuqaroni yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida Oʻzbekistondan Rossiyaga ishga jalb qilishga kelishilgan edi.
Ushbu loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bogʻliq, jumladan, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi koʻzda tutilmoqda.
Endilikda, Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy koʻrik Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda oʻrnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida yurtimizda amalga oshiraladi.
Taʼkidlash joiz, ushbu tadbirlar Rossiyada ishlash istagida boʻlgan koʻplab yurtdoshlarimiz uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib, fuqarolarning vaqti va xarajatlari qisqarishiga xizmat qiladi.