Shahar hukumati vakillarining soʻzlariga koʻra, hududda aholining harakatini cheklash choralari koʻrilmagan va karantin tadbirlari umuman oʻtkazilmagan. Faqatgina Sayansk korxonalari faoliyati bir haftaga toʻxtatilib, keyin yana ishlashiga ruxsat berilgan.
Sayansk meri Oleg Borovskiy shaharda koronavirusdan zararlanish holati qayd etilmagani, shuning uchun ham bolalar bogʻchalari hamda istirohat bogʻlari ochiq ekanligini tasdiqladi. Respublika boʻylab maktablar toʻliq yopilganligi bois, bu shahar bolalari ham taʼlimni uyda davom ettirishga majbur. Biroq, internetga barcha oilalar ham birdek ulanolmaganligi sababli, ular uchun masofaviy taʼlimni yoʻlga qoʻyishning imkoniyati boʻlmagan.
Bu hodisani tibbiyot mutaxassislari quyidagicha taxmin qilishadi: sibirliklar koronavirusning yengil turi bilan kasallangan va allaqachon jamoaviy immuniteti shakllangan boʻlishi mumkin. Ehtimol, virus yanvar-fevral oylarida “tashrif buyurgan” va aholi uni mavsumiy grippdek oʻtkazib yuborgan boʻlishi mumkin.