Rossiyada koronavirusning britan va Janubiy Afrika shtammlari uchramoqda

    Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada 81 holatda koronavirusning britan shtammi va 6 holatda Janubiy Afrika shtammi topilganini maʼlum qildi.

    “Bu, bizning boshqa mamlakatlar bilan hamon bordi-keldi qilayotganimizni bildiradi. Chunki bu shtammlar olib kelingan. Virus yuqtirmaslikning eng yaxshi yoʻli, safarga chiqmay, uyda oʻtirish”, dedi u “Izvestiya” muxbiriga.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga qaraganda, bir kecha kunduzda dunyoda 510 ming kishi koronavirus yuqtirgan. Bu kasallik bilan ogʻrigan bemorlar soni dunyo boʻyicha 130 million nafardan oshib ketdi. Keyingi 24 soat ichida koronavirus tufayli 10,1 ming, pandemiya boshlangandan buyon esa 2,84 million nafar inson hayotdan koʻz yumdi.