Bu haqda “Rospotrebnadzor”ga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.
FLiRT oʻz nomini genetik koddagi mutatsiyalar nomlaridan olgan, u omikronlar oilasiga mansub va butun dunyoda dominantga aylanishi kutilmoqda.
“Rossiyada butun monitoring davrida 178 ta yangi FLiRT varianti aniqlandi, jumladan KP.2 (3 ta holat), KP.1.1 (5 ta holat), KS.1 (170 ta holat). Ularning barchasi boshqa turlarga nisbatan kattaroq xavf tugʻdirmaydi”, — dedi u.
FLiRT variantidan kelib chiqqan infeksiyaning xarakterli belgilari: isitma, yoʻtal, tomoq ogʻrigʻi, zaiflik, bosh ogʻrigʻi, mushaklardagi ogʻriq, taʼm yoki hid bilishni yoʻqotish.
FLiRT variantining tarqalishi tufayli AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari yozda Amerikada koronavirus bilan kasallanganlar soni ortishini prognoz qilmoqda. Mart oyining boshidan beri FLiRTning AQSHdagi jami koronavirus holatlaridagi ulushi 28,2 foizgacha koʻtarilgan. Britaniyada u barcha koronavirus variantlarining 21 foizini tashkil etgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, FLiRT jami 14 ta Yevropa davlatida va Isroilda aniqlangan.
Rossiyada soʻnggi 2,5 oy ichida birinchi marta COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilganlar soni ortdi. 13-maydan 19-maygacha boʻlgan hafta davomida shifoxonalarga avvalgi haftaga nisbatan 34,6 foizga koʻp – 2469 nafar bemor yotqizilgan. Rossiyada umumiy kasallanish darajasi ham oʻtgan haftaga nisbatan 14,7 foizga oshgan.