Ular 2022-yil 18-oktyabr kuni Rostov viloyati xavfsizlik xizmati boshqarmasi va IIV Bosh boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tekshiruv tadbiri natijasida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirishgani tufayli Rostov viloyatidagi “Don” va “Novocherkassk” xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlariga joylashtirilgan.

Ushbu holat yuzasidan Bosh konsullikning Rossiya tomoni bilan olib borgan qator muzokaralari natijasida fuqarolarni Oʻzbekistonga chiqarib yuborishga erishildi.

Maʼlumot tariqasida shuni ham qayd etish joizki, 47 nafar mamlakatimiz fuqarosiga aviachiptalar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi” hisobidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi koʻmagida xarid qilindi.