“15-sentyabrda biz bolalar vaksinasini roʻyxatdan oʻtkazishni boshlaymiz, shunda uni maktab oʻquvchilariga inyeksiya qilish mumkin boʻladi”, dedi u gazetaga bergan intervyusida.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, hozirda kengaytirilgan ikkinchi bosqich klinik tadqiqotlar uchun hisobot tayyorlanmoqda. Biroq, u markaz “uch ming kishilik namuna”da testning uchinchi bosqichini oʻtkazishi kerakligini istisno qilmadi.
“Unda biz sentyabrda ulgura olmay qolishimiz mumkin. Bu meni juda xavotirga soladi, chunki bolalarning maktabga borishi hind shtammi keng tarqalayotgan hozirgi paytga toʻgʻri kelmoqda”, — deya tushuntiradi Ginsburg.
Mutaxassis shuningdek, «Sputnik V” koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina sifatida roʻyxatga olinganidan buyon bir yil ichida uning samaradorligi va xavfsizligi toʻliq isbotlaganini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yil 11-avgustda Rossiya Prezidenti COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksina roʻyxatdan oʻtkazilganini eʼlon qildi. Hozirgi vaqtda «Sputnik V” 70 mamlakatda litsenziyaga ega va bir qator davlatlar bilan qoʻshma ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.