Rossiyaning Orenburg viloyatida kichik samolyot halokatga uchradi, oqibatda barcha ekipaj a'zolari hayotdan ko'z yumdi.
Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari dushanba, 2-fevral kuni xabar berishdi.
Kichik samolyot bortida ikki kursant va bir instruktor bo'lganligi haqida xabar berildi. Ular halok bo'lishdi.
Diamond samolyoti Sankt-Peterburg fuqaro aviatsiyasi institutiga tegishli bo'lib, o'quv parvozini amalga oshirayotgan edi, deb xabar berdi korrespondent.net.