Rossiya Federatsiyasida qonuniy mehnat migratsiyasida boʻlgan fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qildi va vaqtincha uy-joy, oziq-ovqat bilan taʼminlandi.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yana-da takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Novosibirsk – Toshkent yoʻnalishidagi aviareys uchun chipta xarid qilib berildi.
Vatandan uzoqda qiynalib qolgan X.A. bugun, 20-avgust kuni Oʻzbekistonga qaytarildi, deya xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.