Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2024-yil 7-noyabrdagi “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasiga kirishi va Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketishi qoidalari va shartlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2025-yil 30-iyundan 2026-yil 30-iyungacha boʻlgan davrda Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasi orqali barcha nazorat-oʻtkazish punktlarida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmaganlarning Rossiya Federatsiyasiga kirishi va Rossiya Federatsiyasidan chiqishi qoidalari hamda shartlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi. Eksperimentni tashkil etish qoidalarida biometrik shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish nazarda tutilmagan.
Hujjatga koʻra, Rossiya Federatsiyasiga vizasiz kirishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari mamlakatga kirishdan oldin Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimida roʻyxatdan oʻtishlari va Rossiya Federatsiyasiga rejalashtirilgan kirishdan kamida 72 soat oldin “ruID” mobil ilovasidan foydalangan holda elektron shaklda ariza topshirishlari kerak (favqulodda holatlarda, 4 soatdan kechiktirmay).
Quyidagilar V #ruID da mavjud:
- Chet elliklar uchun servis va xizmatlar;
- Ariza holati haqida bildirishnoma;
- Rossiyada boʻlganingiz haqida maʼlumot.
Chegarani kesib oʻtganingizdan va Davlat xizmatida hisob qaydnomangizni tasdiqlaganingizdan soʻng, ilovada shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan birga taqdim etilishi mumkin boʻlgan QR -kod yaratiladi.
Chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga viza rejimi asosida, shu jumladan yagona elektron viza bilan kirish tartibi avvalgidek oʻz kuchida qoladi.









