Rossiyalik jurnalistning Nobel medali rekord narxda sotildi

    Tinchlik yo'nalishi bo'yicha Nobel mukofoti laureati, Rossiyaning “Novaya gazeta” gazetasi bosh muharriri Dmitriy Muratovning medali Heritage auktsionida 103,5 million dollarga sotildi.

    Bu haqda TASS agentligi xabar berishicha, auktsion Manxettendagi New York Times media markazidagi auktsion uyi saytida bo'lib o'tgan.

    Kimoshdi savdosi oldidan Dmitriy Muratovdan o'z sovrinini sotishga tayyormisiz yoki yo'qmi deb so'ralgan va u “ha” deb javob bergan.

    Stavkalar 700 ming dollardan boshlandi, biroq bir necha daqiqada medal` uchun taklif bir necha million dollardan oshdi. 16,6 million dollardan keyin noma'lum xaridor telefon orqali 103,5 million dollar pul tikdi, uning taklifidan hech kim osha olmadi.

    Barcha mablag'lar YUNICEF xalqaro jamg'armasiga o'tkaziladi.

    Nobel mukofoti medali avval ham auktsionda sotilgan. 2014 yilda DNK molekulasi tuzilishini kashf etgan amerikalik biolog Jeyms Uotson mukofoti Kristi auktsionida 4,76 million dollarga baholangan edi.