Texnologiya Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti va Rossiya Fanlar akademiyasining Semenov nomidagi Kimyoviy fizika markazi mutaxassislari tomonidan yaratildi. Ular odam hujayrasining ikki turidan – yog' to'qimasidan va milk shilliq qavatidan foydalanishdi.
Hujayralar steroidlarga yoki 3D printer uchun qurilish bloklariga aylantirildi. Bunga parallel ravishda chop etish jarayoni uchun biologik siyoh tayyorlandi.
Tajriba natijasida olimlar odam terisining muqobilini olishga muvaffaq bo'lishdi. Bunday implantdan kelajakda davolash qiyin bo'lgan yaralar, kuyishlarni davolashda foydalanish mumkin.
Olimlarning ta'kidlashicha, yakuniy materialning xususiyatlari ishlatiladigan hujayralar turiga bog'liq. Milk hujayralari qon tomirlari yoki suyaklarni, yog' to'qimalarining hujayralari esa terini tiklash uchun ko'proq mos keldi, deb xabar beradi mir24.tv.