Fir terpenlari uyali qoldiqlarni tozalash, shu bilan umr koʻrish davomiyligini oshirishga yordam beradi. Bu haqda tadqiqot mualliflari Ria Novosti agentligiga xabar berishgan. Tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar va natijalar Aging xalqaro ilmiy jurnalining sentyabr sonida eʼlon qilindi.
Autofagiya bu tirik hujayraning keraksiz qismidan foydalanishning tabiiy mexanizmidir. Uning yordami bilan hujayralarning keraksiz komponentlari, masalan, shikastlangan oqsil molekulalari va organellalalari, shuningdek, viruslar ozuqa moddalariga aylanadi. Shunday qilib, autofagiya jarayoni tufayli terpenlar tanani tozalaydi va goʻyoki yoshartiradi.