Rossiyalik qo‘shiqchi Anita Soy koronavirusga chalindi

    Salomatlik 30 Iyun 2020 1248

    Rossiyalik qo‘shiqchi va teleboshlovchi Anita Soy Moskva shahridagi kasalxonalardan biriga koronavirus tashxisi bilan yotqizildi, deb xabar berdi RIA Novosti uning matbuot kotibi Anna Krujelga asoslanib.

    — Anita Moskva shahridagi kasalxonalardan birida COVID-19 tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, — dedi Krujel.

    Uning ta'kidlashicha, pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab, xonanda o'z-o'zini izolyatsiya qilish va barcha ehtiyot choralarini ko'rgan. Qayerda yuqqan bo'lishi mumkinligini aytish qiyin, deydi u.