Rossiyaning 8 ta hududidagi o'qishini ko'chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro'yxati tasdiqlandi
Ta'lim
16 yan 2023, 18:23
2 645
Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukraina Respublikasi bilan chegaradosh bo'lgan Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar) hududlaridagi, Qrim Respublikasi hamda Sevastopol shahridagi oliy ta'lim muassasalaridan o'qishi O'zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta'lim muassasalariga ko'chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro'yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro'yxatga kiritilgan talabalar o'zlari hujjat topshirgan oliy ta'lim muassasasining o'qishni ko'chirish bo'yicha mas'ullariga uchrashishlari so'raladi.
Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro'yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo'yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo'shimcha ma'lumot e'lon qilinadi.