Koronavirusning yangi turiga qarshi yaratilgan vaksina hali bolalar uchun qoʻllanilmaydi, chunki qonunga koʻra, preparat avval kattalar uchun toʻliq sinovdan oʻtishi kerak, deb xabar beradi RIA Novosti.
Bu haqda Gamaleya nomidagi Milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg agentlik muxbirlariga maʼlum qildi.
“Rossiya qonunlariga koʻra, vaksinani bolalarda sinab koʻrish mumkin va yangi dori faqat katta yoshlilarda toʻliq sinovdan oʻtgandan keyingina taqdim etiladi, shuning uchun sinovning uchinchi bosqichi tugagach, bizga yangi izlanishlarga ruxsat beriladi”, dedi markaz rahbari vaksina bolalarda ijobiy taʼsir koʻrsatishiga umid bogʻlab.
Oʻz navbatida, Sechenov universiteti translyatsiya tibbiyoti va biotexnologiya instituti direktori Vadim Tarasov bolalar xavf ostida emasligini, chunki ular koronavirus infeksiyasining oqibatlarini osonroq qabul qilishlari mumkinligini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, bolalarda vaksinani ishlatishdan oldin, yetilmagan hayvonlarga nisbatan klinik tekshiruvlar oʻtkaziladi, shundan soʻng preparatni bolalarga qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Avvalroq Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov Rossiyaning uchta kompaniyasi sentyabr oyida COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinani sanoat miqyosida ishlab chiqarishni boshlashi kerakligini aytgandi.