Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan surishtiruvlar natijasida ushbu holatni Toshkent shahar Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan, 2012-yilda tugʻilgan fuqaro А.B. sodir etganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirda voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun topshirgan fuqaro 1977-yilda tugʻilgan U.A.gа nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi 2-qismiga (Transport vositalarining boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi boʻlmagan shaxsga transport vositalarni boshqarishning topshirilishi) muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.