Rus tilidan sertifikat olish tizimi Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilishi mumkin

    Bu patent rasmiylashtirishda talab qilinadigan sertifikat olish jarayonlarini sezilarli yengillashtiradi, xarajatlar kamayadi.

    Migratsiya agentligi masʼullari Qozon Federal universiteti rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beradi agentlik matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid imtihonlarni oʻtkazish va sertifikat berish tizimini Qozon Davlat universiteti bilan hamkorlikda mamlakatimizda yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

    Markazning Oʻzbekistonda faoliyat yuritishi Rossiyada ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma (patent) rasmiylashtirishda talab qilinadigan sertifikat olish jarayonlarini sezilarli tarzda yengillashtiradi, xarajatlar kamayadi, hamyurtlarimiz uchun ortiqcha ovoragarchiliklar oldi olinadi.