Ruslanbek Davletov: 34 turdagi maʼlumotnomani aholidan talab qilish bekor boʻlganini orqasidan 46 mlrd soʻm tejaldi

    Keyingi avlod 20 Dekabr 2021 1424

    Toshkent yoshlar forumi doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlarga tizimdagi islohotlar haqida soʻzlab berdi.

    - Bugungi kunda mamlakatimizda islohotlar kirib bormagan soha qolmadi, - deydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. - Islohot bu qonun, qonunosti hujjat degani. Elektron tizimga oʻtganimizdan keyin birorta qogʻoz ishlatilmayapti. Bir yilda adliya tizimida 100 tonna qogʻoz iqtisodi qilinyapti. 34 turdagi maʼlumotnomani aholidan talab qilish bekor boʻlganini orqasidan 46 mlrd soʻm tejaldi.

    Shuningdek, forumda barcha sohalarda yoshlarning faol ishtirok etishi muhimligini taʼkidlandi.

    - Bizga eng yetishmayotgan narsa – gʻoya. Raqamlashtirish oson tuyuladi, lekin nimani raqamlashtiramiz? Yoshlarimiz bizning ishimizni yengillashtiradigan dasturlar, gʻoyalar toʻgʻrisida oʻylashi kerak, - dedi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov.