Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish boʻyicha xalqaro turnirlar boshlandi

    Sport 15 May 2025 653

    Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish boʻyicha xalqaro musobaqalarga start berildi.

    Qayd etilishicha, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida oʻtayotgan “UNG Meeting Continental” turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan bronza darajasidagi turnir boʻlib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

    Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish boʻyicha “Suv parisi” Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda.

    6 mamlakat sportchilari mazkur turnirda Y12, U15 va kattalar yosh toifalarida medallar uchun bahs olib boradilar. Turnir 17-mayga qadar davom etadi.