Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasida savdo sohasida ochilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Jamoat xavfsizligi borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
«AQSH maʼmuriyatining yuqori martabali vakillari Oʻzbekistonda keyingi 8-yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning shiddati va jadal surʼatini qayd etdilar.
Bunday uchrashuvlar tomonlarning salohiyatini yaxshiroq tushunish va roʻyobga chiqarish imkonini beradi. Zero, mamlakatimiz oʻzining ochiqlik siyosati bilan taʼlim, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa koʻplab sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda tobora koʻproq hamkorlarni jalb etmoqda», deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.