Muloqot davomida Oʻzbekiston va BMT TD oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilindi, xususan, Qoraqalpogʻiston va Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
«Yoshlar, sogʻliqni saqlash, madaniyat va barqaror turizmni taraqqiy ettirish bilan bogʻliq masalalar — ijobiy va uzoq muddatli oʻzgarishlar uchun asos yaratishi mumkin boʻlgan muhim yoʻnalishlar yuzasidan batafsil fikr almashdik. Biz jamoatchilikni, ayniqsa, yosh avlodni ularning gʻayrati, ijodkorligi va yangiliklarga intilishidan kelib chiqib, taraqqiyot jarayoniga jalb etishga intilamiz.
Qarashlarimiz BMT TD maqsadlariga toʻgʻri kelishidan, hamohang ekanidan xursandman, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz orqali gʻoyalarni joylarda odamlarga sezilarli foyda keltiradigan real loyihalarga aylantirishimiz mumkinligiga ishonaman«, — dedi Saida Mirziyoyeva.