«Buxoro dunyo eʼtibori markazida. Biyennale maydoni koʻplab xorijiy davlatlar, uzoq-yaqin mamlakatlardan kelgan rassom va hunarmandlarni birlashtirdi, – deb yozdi Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻzining telegram-kanalida. – Muqaddas Buxoro zamini — butun insoniyatning mulki, asrlar davomida jahon sivilizatsiyasiga mansub boʻlgan, azaldan madaniyat, ijod va ilm-maʼrifat markazi sifatida tanilgan shahardir.

Millatlar oʻrtasida hamisha ochiq muloqot ruhi hukm suruvchi ayni maskanda madaniy merosning qadriga yetadigan, uni asrab-avaylaydigan ziyolilar yigʻilgani – tabiiy voqelik.

Masjid gumbazlaridan to ipak gilamlargacha, zardoʻzlik namunalaridan to miniatyura sanʼatigacha, yogʻoch oʻymakorligidan to shashmaqom musiqasigacha — bebaho xazinamiz koʻplab avlodlar mahorati va iqtidorini oʻzida mujassam etgan.

Bugun madaniyat biz uchun nafaqat goʻzallik va ilhom manbai, balki xalqaro nufuzimizni oshiradigan hamda mamlakatimizning global makondagi qiyofasini shakllantiradigan strategik resurs hamdir.

Xush kelibsiz!»