Saida Mirziyoyeva Yevropa komissiyasi prezidenti bilan uchrashdi

    Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa komissiyasi prezidenti bilan uchrashdi.

    Bu haqda u oʻz sahifasida yozib qoldirdi. Prezident administratsiyasi rahbari kecha, 9-oktyabr kuni Bryusselda Global Gateway forumida ishtirok etgan. Tadbir doirasida Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashgan.

    “Fon der Lyayen xonim bilan muloqotdan mamnun boʻldim, Oʻzbekiston—Yevropa hamkorligi yanada mustahkamlanib borishiga ishonchim komil”, deydi Saida Mirziyoyeva.