“Kecha Bishkekda Zakovat Asian Cup II turniri yakunlandi. Unda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston terma jamoalari intellektual kurashda oʻzaro kuch sinashdi. Raqibimizning munosib oʻyini barcha muxlislarni bir oz hayajon va xavotirga solgan boʻlsa-da, jamoamiz uyga gʻalaba bilan qaytdi. Tabriklayman”, deb yozdi u.
Saida Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, bu oʻyin ikki xalqni birlashtirdi, koʻtarinki kayfiyat inʼom etdi va chegaraning ikki tarafidan jamlangan koʻplab odamlarni doʻstlashtirdi.
U qirgʻizistonliklarga samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun tashakkur bildirdi.












