«Biz oilaviy zoʻravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlikni ham kuchaytirdik. Ammo bu bilan cheklanib qolmaslik kerak. Zoʻravonlik holatlariga qarshi tezkor chora koʻrishning samarali tizimini ishlab chiqish zarur.

Koʻpincha haqiqiy ahvol koʻzga koʻrinmaydi, koʻp narsa yashiriladi. Biz hali ham statistikani oshkor qilishdan, taʼna-malomatga qolishdan, obroʻyimiz toʻkilishidan qoʻrqamiz, tanqidni qabul qilolmaymiz. Barcha masʼul rahbarlarni bugungi suhbatdan tegishli xulosa chiqarishga chaqiraman. Zoʻravonlikning har qanday koʻrinishiga qarshi murosasiz kurash, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish quruq gapda emas, amalda namoyon boʻlishi kerak. Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.