Turkmanistonga amaliy tashrif yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Ashxobod shahrida Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi.
