Caida Mirziyoyeva tenor Andrea Bochelli konsertiga yuqori baho berdi.
«Samarqand kun sayin xalqaro madaniy almashinuv markaziga aylanib bormoqda. Boy tarixiy merosga ega ushbu qadimiy shahar bugun turli xalqlarning madaniyati va anʼanalarini jamlagan maydon sifatida oʻzini namoyon etmoqda. Bu bilan mamlakatimiz va butun mintaqa uchun yangi istiqbolli imkoniyatlarga yoʻl ochilayotgani shubhasiz.
Taniqli tenor Andrea Bochellining 1-sentyabr kuni Registon maydonida boʻlib oʻtgan konserti bunga yana bir isbot boʻldi. Sanʼatkorning betakror ovozi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri joʻrligida maydon uzra jarangladi. Tadbirning UNESCO shafeligida oʻtkazilgani uning dunyo madaniyatidagi oʻrni nechogʻlik ahamiyatli ekanini koʻrsatdi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.






