Prezident administratsiyasi rahbarining yozishicha, uchrashuvda gumanitar aloqalarni mustahkamlash, madaniyat, fan va ma’rifat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tashabbuslarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilingan.
“Davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston hamda Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Suhbat chog‘ida gumanitar aloqalarni mustahkamlash, madaniyat, fan va ma’rifat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tashabbuslarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.