“Salamat” fermer xoʻjaligi davlatga paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi
Agrosektor
24 sen 2021, 11:20
612
Qoraoʻzak tumanidagi “Madaniyat” ovul fuqarolar yigʻinining fermer xoʻjaliklari har yili Qoraqalpogʻistonda birinchilar qatorida davlatga paxta topshirish shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajarib kelmoqda. Joriy yilda suvning kam boʻlishiga qaramasdan mavjud suvdan unumli foydalanib, gʻozalar oʻz vaqtida parvarishlandi. Natijada paxtadan moʻl hosil olishga erishildi.
Xududdagi “Salamat” fermer xoʻjaligi 13 gektardan 31 tonna oq oltin yetishtirib, rejani 101 foizga yetkazdi. Shu munosabat bilan tuman hokimligi fermer xoʻjaligi rahbarlari, terimchilarga minnatdorchilik bildirdi va sovgʻalar topshirdi.