Bu nimani anglatadi?

  • 40 yoshdan oshgan yuguruvchilarimiz butun dunyo boʻylab saralashdagi yugurish poygalarida ishtirok etib, ochko toʻplashlari mumkin boʻladi;
  • Ishtirokchilar “Abbott World Marathon Majors” global reytingining yosh boʻyicha guruhlariga kiritiladi;
  • Eng yaxshi natijalarni qayd etgan yuguruvchilar Londonda (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtadigan Marafon boʻyicha jahon chempionatida yosh toifalari guruhlarida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Abbott World Marathon Majors — bu dunyodagi eng katta va mashhur 6 ta marafonlar seriyasi jamlanmasidir. Uning tarkibiga Tokio, Boston, London, Berlin, Chikago va Nyu-York marafonlari kiradi.