Transport vazirligining xabar berishicha, sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida qoʻshimcha "Afrosiyob" qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.
Poyezdlar 24, 25, 26, 27-aprel kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli Samarqand — Toshkent yoʻnalishi: Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15
- 776-sonli Toshkent — Samarqand yoʻnalishi: Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.