Samarqand aeroporti Yevropaning eng yirik aeroportlar TOP-5 taligiga kirdi

    Transport 27 Dekabr 2023 865

    Samarqand xalqaro aeroporti, Xalqaro aeroportlar Kengashining Yevropa boʻlinmasi reytingida yoʻlovchi oqimi oʻsishi boʻyicha Yevropaning eng yirik 5 aeroporti qatoriga kirdi.

    Oktyabr oyi yakunlari boʻyicha Samarqand aeroporti mintaqaviy va kichik aeroportlar toifasida yiliga 100 mingdan 1 milliongacha yoʻlovchi oqimi bilan 4-oʻrinni egallab, 2019-yil oktyabr oyiga nisbatan 139 foizga, 10 oy yakunlari boʻyicha esa 3-oʻrinni egallab, 2019-yilning shu davriga nisbatan 103,7 foizga oʻsgan.

    Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon Samarqanddan 7 ta mahalliy va 20 ta xalqaro yoʻnalishlarda parvozlar amalga oshirilmoqda. Ulardan Tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Mineralnыye Vodы, Ufa, Samara va Urganch shaharlarga birinchi bor aviaqatnovlar ochilgan.