2022-yilda O‘zbekistondan sarxil gilos eksporti joriy yil may oyining birinchi kunlaridan boshlandi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 4-5 kun erta demakdir.

Kuni kecha Samarqand viloyatida joylashgan “Samarqand Garden Plast” eksportyor korxonasi tomonidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Eksportga ko‘maklashish bo‘limi mutaxassislarining amaliy tavsiyalari va ko‘magida Koreyaga gilosning sinov partiyasi jo‘natildi. Koreya tomonining tasdig‘idan so‘ng korxona tomonidan katta hajmdagi gilos eksporti amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston jahon bozorida gilosning eng yirik eksportyorlaridan biri bo‘lib, o‘tgan yili ushbu mahsulot eksporti bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egallagan edi.